“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi-2016”

Jizax tumani XTMFMT va TE bo’limiga qarashli 51-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Qarshiboyev Rustamning  “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi-2016” ko’rik tanlovining  Respublika bosqichi uchun tayyorgarlik jarayonidan lavhalar

0001

  • Organilayotgan fan boyicha mashqlar uzviyligi va mosligini hisobga olgan holda, metodik togri tuzilgan dars konspekti uzluksiz talim tizimida etakchi orin egallaydi. SHu boradan, ushbu maqolada yosh jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga yordam sifatida dars olib borish uchun asosiy hujjat bo‘lgan konspektni tuzish metodikasi berilgan va dars konspektining 4 ta grafasida qo‘yilgan masalalar bo‘yicha ketma-ketlikda va mos ravishda yozilishi ko‘rsatilgan.
  •  В системе непрерывного образования ведущее место занимает методически правилно составленный конспект урока с учетом преемственности и последователности изучаемого предмета. В связи с этим, в данной стате в порядке помощи молодым учителям физического воспитания представлена методика составления конспекта урока, как основной документ для проведения урока, а также порядок заполнения и записи в четырех графах конспекта урока.
  • In the system of continuous education occupies the leading place methodically correctly formatted summary of the lesson with the account of the continuity and consistency of the subject-matter. In connection with this, in this article, to help young teachers of physical education is presented the technique of drawing up of the abstract class, as the main document for the lesson, as a basic document for the lesson and write in four columns of the abstract class.

Tayanch so‘zlar: jismoniy tarbiyadarsi, nazorat olibborish, darsoldida qo‘yiladi ganvazifalar, qo‘llanadigan metodlar vavositalar,  darskonspekti.

Klyuchevыe slova: urok fizicheskogo vospitaniya, provedenie kontrolya, zadachi postavlennыe pered urokom, ispolzuemыe metodы sredstva, konspekt uroka.

Key words: lesson  of  physical  training,  monitoring  procedure,  tasks for a lesson, used methods of means,  a lesson abstract.

    O‘qituvchining bosh vazifasi o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko‘pincha yaxshi tushunamiz, lekin, afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz.

Islom Karimov

    Ushbu maqolaning maqsadi  jismoniy tarbiya bo‘yicha yosh o‘qituvchilarga dars o‘tish uchun asosiy xujjatni metodik nuqtai nazardan to‘g‘ri tuzishda yordam berish. Bu jarayon Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 300-sonli maktabning 5-sinf misolida ko‘rsatilgan.

    Muammoning dolzarbligi – yosh o‘qituvchilar dars konspektini yozishda qiynaladilar, xatolarga yo‘l qo‘yadilar. SHu boradan darsni o‘tishda mashqlarning mosliligi, ketma-ketligi buziladi, dars sifati pasayadi. SHuning uchun darsni yuqori darajada sifatli o‘tish maqsadida dars konspektini to‘g‘ri tuzilishi va yozilishi katta ahamiyatga ega.

    Mustaqil O‘zbekistonning ma’naviy sog‘lom-yosh avlodlarini, bo‘lajak vatanparvarlarini tarbiyalash vazifasi pirovard natijada o‘qituvchilarning zimmasiga tushadi. Ular nafaqat bilimdon bolalarni, balki eng avvalo ana shu bilimni egallashni o‘zining burchi deb biluvchi milliy kadrlar shaxsini shakllantirishga ma’suldir. Milliy istiqlol mafkurasi asosida yoshlarimizni tarbiyalash Respublikamizning umumta’lim maktablar, AL va KHK lar oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.

     Yuqorida qayd etilgan vazifalar asosan jismoniy tarbiya dars jarayonida amalga oshiriladi. Uning uchun o‘qituvchi turli-tuman metodlar, usullar, vositalardan foydalanib ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalarini samarali bajarishga imkoniyat yaratadi.

    Har bir jismoniy mashg‘ulotlarni yuqori darajada sifatli o‘tishi maqsadida dars konspekti yoziladi. Dars konspekti, o‘quv ishlarni rejalashtirish xujjatlarining oxirgi xujjati va jismoniy tarbiya darsini o‘tkazish uchun asosiy xujjat bo‘lib hisoblanadi. Bu xujjat asosida darslarda o‘tiladigan mavzuning o‘quvchilar yoshiga, dastur talablariga hamda ketma-ketligini, mosliligini xisobga olgan holda o‘qituvchi tomonidan har bir sinf (guruh) yoki parallel sinflarga (5 a, 5 b, 5 v), yoki parallel guruhlarga (101,102,103 gurux) ish rejasi asosida ishlab chiqiladi. Bo‘lajak yosh jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, pedagogik kuzatish natijalari asosida ma’lum bo‘ldiki, ko‘pchilik bitiruvchilar va yosh o‘qituvchilar dars konspektini tuzishda va yozishida metodik xatolarga yo‘l qo‘yadilar, savollarga to‘la javob bera olmaydilar.

    Har bir darsda mavzu bo‘yicha 2-3 (o‘rgatish, takrorlash yoki mustakhkamlash va tarbiyalash) vazifalari qo‘yilishi mumkin. Bunda darsning jadval xususiyatlari, sport inshootlarining mavjudligi va butunligi (tuzatilganligi), mashg‘ulot o‘tish joyining sharoiti, dastur bo‘limlari va o‘tilgan darslar materiallarini o‘zlashtirish darajasini va eng asosi o‘quvchilarning salomatligi va jismoniy tayyorgarligini xisobga olish kerak.   

     Dars oldida qo‘yilgan vazifalarning echimi odatga ko‘ra,  darsning asosiy qismida amalga oshiriladi. SHuning uchun shu qismning mazmuni va o‘tkazish tartibi oldin ishlab chiqiladi. Vazifalarni qo‘yishdan oldin jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bir necha marta ish rejasi va grafigini ko‘rib chiqadi, o‘tgan darslarda qaysi materiallar o‘tilgan va o‘quvchilar ularni qanday o‘zlashtirganliklarini o‘ylab ko‘radi. 

    Hamda o‘ziga qator savollar qo‘yadi: ushbu darsda nimalarga o‘rgatish kerak? Nimani takrorlash yoki takomillashtirish lozim? Qaysi sifatlarni rivojlantirishga ko‘proq e’tibor berish kerak? Qaysi fazilatlarni tarbiyalash lozim (iroda, vatanparvar, do‘stlik, g‘urur va h.k.).

Agarda o‘qituvchi har bir dars rejasini metodik to‘g‘ri tuzgan bo‘lsa unda mashg‘ulotlarning ketma-ketligi, murakkabligi, foydalanadigan vositalar va metodlar, jismoniy yuklamalar bir tizimga tushirilgan bo‘ladi. Dars vazifalari qo‘yilishida bir darsda mashqlarni yakunlanmaganligi keyingi darsda davom etilishi maqsadga muvofiqdir.

“Yugurib kelib balandlikka sakrash”

Sana:____________

Sinf: 7

Mavzu: Yugurib kelib balandlikka sakrash.

               Sport o`yinlari.

Darsning maqsadi: O`quvchilarni jismoniy chiniqtirish, tezlik, kuchlilik,egiluvchanlikni tarbiyalash va vatanparvarlikni tarbiyalash. Yugurib kelib balandlikka sakrash texnikasini o`rgatish. Тurnikda aylanib ko`tarilishni musta’kamlash.

Darsning vazifasi: O`quvchilarga yugurib kelib balandlikka sakrash texnikasini o`rgatish.

Jihozlar: metr, sekundomer, bayroqcha,

O`tish joyi: Sport maydoni.

Qism-lar Darsning borishi Bajarilishi

(marta)

Metodik ko`rsatma
Tayyorgarlik qism  10-12 minut Saflanish, raport qabul qilish, o`quvchilarni soliini tekshirish, yangi mavzuni eolon qilish, o`ngga, chapga, ortga burilish, joyida yurish, maydon bo`ylab yurish, yurishdan yugurishga o`tish.

Ikki qatorga bo`linib, yon tomon bilan yurish, qo`llarni yuqoriga ko`tarib, oyoqlar uchida yurish, tovonlarda yurish.

Qo`llar belda tizzalarni bukmasdan oyoq uchlarini bukmasdan sakrab yurish.

Bir qatorga saflanish.

Тo`rt qatorga saflanish.

1. Dastlabki holat. Qo`llar belda, oyoqlar yelka kengligida, boshni to`rt sanoida chapga, o`ngga va ortga aylantirish.

2. Dastlabki holat. Oyoqlar yelka kengligida, qo`llar yelkada. 1-2 oldinga, 3-4-ortga aylantiramiz.

3. Dastlabki holat. Oyoqlar juft ‘olatda, qo`llar pastda. 1-yonga, 2-yuqoriga, 3-yonga, 4-d.’.

4. Dastlabki holat. Oyoqlar yelka kengligida, qo`llar belda. 1-2 o`ng qo`l yuqoriga ko`tarib, chap tomonga engashish, 3-4 o`ng tomonga engashish.

5. Dastlabki holat. Oyoqlar yelka kengligida, qo`llar ko`krak oldida. 1-2 ko`krak oldida ‘arakatlantiramiz, 3-4 chap tomonga burilib qo`llarni yozamiz.

6. Dastlabki holat. Oyoqlar juft ‘olatda, qo`llar pastda. 1-ortga engashib qo`llar yuqoriga, 2-d.’., 3-oyoqlar uchida o`tirib qo`llar oldinga. 

7. Dastlabki holat. Oyoqlar yelka kengligidan keng ‘olatda, 1-chap tomonga engashib qo`llar oldinga, 2-d.’., 3-o`ng tomonga, 4-d.’.

8. Dastlabki holat. Oyoqlar juft ‘olatda, qo`llar belda. 1-gavdani chap tomonga burib, tizzalarni bukish, 2-d.’., 3-o`ng tomonga, 4-d.’.

9. O`ng va chap oyoqlarda sakrash.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7-8

 

 

7-8

 

 

 

7-8

 

 

7-8

 

 

 

8-9

 

 

7-8

 

 

8-9

 

 

7-8

Oraliq masofani saqlash, gavdani to`ri tutish

 

 

 

 

 

Gavdani to`ri tutish

 

 

Ko`zlar yumilgan holda tirsaklarni yuqoriga ko`proq ko`tarish

 

 

 

 

Qo`l barmoqlarini yozish

 

Qo`llarni boshga yaqinroq ushlash

 

 

 

Qo`llar uchini, tirsaklarni to`liq yozish

 

O`tirganda barmoqlarni yozish

 

Boshlarni to`ri tutish

Asosiy qism 25-30 minut O`quvchilarni guruhlarga ajratish. 1-guruh yarim oy shaklida yugurib kelib balandlikka sakraydi. Yarim oy shaklida yugurish joyini aniqlash.

 

Depsinish. Chap oyoq tizza va oyoq uchlarini yozgan holda yuqoriga intilish.

 

Uchish. Depsinishdan keyingi holat bo`lib, planka ustidan o`tish holatiga aytiladi. O`ng va chap oyoq tizzalari bukilmagan holda planka ustida o`tiladi.

 

Тushish. Oyoq uchida yengil tushish.

 

2-guruh. Тurnikda aylanib ko`tarilish. Тurnik oldida turish, oyoqlar juft ‘olda, qo`llar pastda, sakrab qo`l barmoqlari bilan turnik plankasini ushlash. Тortilib oyoq uchlarini yuqoriga ko`taramiz, gavdani oyoq bilan bel qismini ko`tarib boshni ozgina orqa tomonga egamiz. Oyoqlarni juftlab, qo`lga tayanib turamiz va dastlabki ‘olatga qaytamiz.

 

Sport o`yini elementlari. Тo`pni pastdan va yuqoridan qabul qilishni o`rgatish.

Osilgan to`pni sakrab zarb bilan urish.

Тo`pni setkadan o`tkazish.

Тo`pni o`yinga kiritish.

hujum tashkil qilish.

himoyada o`ynash.

Ikki tomonlama o`yin.

  Oyoq uchlarini yozish

 

 

 

Тizzalarni bukmasdan

 

 

Qo`llarni ozgina ko`tariladi

Тurnik plankasini bosh va to`rt barmoq orasiga olib ushlash

 

 

Yakun-lovchi qism

5-7 minut

Qayta saflanish. Nafasni rostlovchi mashqlar. Nafas olish va nafas chiqarish mashqlari. Yurish. Yengil yugurish. O`quvchilarning fikrlarini jamlash. (Тik-tak o`yini). Rabatlantirish, ba’olash, uyga vazifa berish.   Burundan nafas olib oizdan chiqarish

 

 

 

 

 

 

 

Informatika

Informatika bu

Innovatsion pedagogik loyiha

Umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilarining fanlarni o’zlashtirish sifatini oshirishda o’qituvchidagi muammolar va uning yechimi. 

WordPress Themes